Toshkent tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi “Sagʻbon” podstansiyasidagi nosozlik kecha, soat 20:25da toʻliq bartaraf etilgan.

Shuningdek, Toshkent tumanining “Koʻkterak”, “Hasanboy”, “Guliston”, “Koʻksaroy” va “Qizgʻaldoq” mahallalarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi “L-Bogʻzor” elektr uzatish tarmogʻi shikastlangani sababli ushbu hududlarning elektr taʼminotida uzilish kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda maxsus brigada tomonidan mazkur nosozlik bartaraf etilmoqda.

Energetika vazirligi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻradi.