“Sagʻbon” podstansiyasidagi nosozlik bartaraf etilmoqda

    Energetika 24 Noyabr 2023 726

    Olmazordagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmogʻida nosozlik yuzaga keldi. Ayni vaqtda, Olmazor tumanidagi 110/35/10 boʻlgan “Sagʻbon” podstansiyasidagi nosozlik tezkor brigada xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

    Maʼlum qilinishicha, Olmazor tumanining Qoraqamish 1/2, 1/3, 2/1, 2/4-mavzelari, “Paxta”, “Tepa Guzar”, “Sagʻbon”, “Gulzor” MFYlari, Noras Tepa, Nozimaxonim 3-tor, Sagʻbon 1-tor, Sagʻbon 2-tor, Sagʻbon 12-tor, Sagʻbon 13-tor, Keles yoʻli, Oʻrazboyeva, Oltinsoy, Moyariq, Moyqoʻrgʻon, G.Gafurov, Oxunboboyev hamda Dadabayeva koʻchalari hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi 110/35/10 kVA boʻlgan “Sagʻbon” podstansiyasidagi mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida favqulodda avariya holatida elektr taʼminotida uzilish sodir boʻldi.

    Qayd etilishicha, ayni vaqtda Olmazor tuman elektr taʼminoti korxonasining tezkor chiqish brigadalari zarur elektr qurilmalar hamda maxsus avtotransport vositalari bilan mazkur nosozlikni bartaraf etishga jalb etilgan.

    «Tez orada mazkur nosozlik toʻliq bartaraf etilib, tarmoq orqali elektr energiyasi yetkazib berilishi toʻliq tiklanadi.

    Yuzaga kelgan favqulodda avariyali uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz», deyiladi xabarda.