Shtab tarkibiga yoqilgʻi-energetika kompleksi tashkilotlari matbuot kotiblari jalb etilgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati
Kuz-qish mavsumida havo haroratining keskin sovishi tufayli elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda koʻmir mahsulotlari isteʼmoliga boʻlgan talabning oshishi natijasida murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.
Shu munosabat bilan, yoqilgʻi-energetika kompleksi korxonalarida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari, shuningdek, elektr energiyasi, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish hajmlari, kuzatilayotgan nosozliklarning sabablari va ularni bartaraf etish toʻgʻrisida tezkor va ishonchli maʼlumot berish muhim ahamiyatga ega.
Yuqoridagilarni inobatga olib, isteʼmolchilar, ommaviy axborot vositalari va blogerlarga yakdil xulosaga ega maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida Energetika vazirligi shtabi oʻz faoliyatini boshladi. Shtab aʼzolari isteʼmolchilar murojaatlariga javoblar, intervyular, brifinglar tashkillashtirish, mavjud muammo va uning yechimlari toʻgʻrisida tezkor axborot berishni rejalashtirgan. Yoqilgʻi-energetika sohasiga oid barcha qiziqtirgan savol va murojaatlarni press@minenegry.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.