Energetika vazirligida Omsk oblasti delegatsiyasi bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi

    Sanoat 27 Aprel 2022 1870

    2022-yil 26-aprelda Oʻzbekiston Energetika vazirligida Omsk oblasti gubernatori Aleksandr Burkov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan muzokaralar oʻtkazildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari Azim Axmedxadjayev Omsk oblasti hukumati raisi va delegatsiyasi aʼzolarini qutlar ekan, tomonlarning turli yoʻnalishlarda energetika sohasidagi hamkorligining istiqbollari yuqori ekanini alohida taʼkidladi.

    Oʻz navbatida A.Burkov Oʻzbekiston Omsk oblastining asosiy va muhim tashqi savdo hamkorlaridan biri ekanligini taʼkidladi. Ayni paytda jadal rivojlanayotgan energetika sohasi hamkorlikning yangi istiqbollarini ochyapti.

    Tomonlar raqamli energetika sohasida, jumladan, elektr tarmoqlari uchun intellektual qurilma va tizimlardan foydalanish, qozonxona va issiqlik texnikasi uskunalarini yetkazib berish boʻyicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

    Muhokama chogʻida Omsk oblasti gubernatori sanoat sektorining Oʻzbekiston energetika tarmogʻi uchun mahsulotlarni yetkazib berish va ishlab chiqarishda kooperatsiya qilish imkoniyatlari, jumladan, raqamli energetika sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlari, elektr tarmoqlari uchun aqlli qurilmalar va tizimlardan foydalanish, qozon va issiqlik texnikasi uskunalarini yetkazib berish haqida maʼlumot berdi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.