Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish boʻyicha joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning yanvar – sentyabr oylarida xususiy avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida 225 ta holatda sifatsiz neft mahsulotlari sotilayotgani aniqlandi.
Natijada jami 179 million 39 ming litr neft mahsulotlarining 9 million 150 ming litri sifatsizligi bois isteʼmolga chiqarilmadi.
Sifatsiz neft mahsulotlari eng koʻp aniqlangan holatlar, asosan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.