Mutaxassislar onlayn firibgarlikning eng mashhur turlarini eʼlon qilishdi.

Bu haqda Kasperskiy laboratoriyasi va Tinkoff mutaxassislari taqdim etgan maʼlumotlarga asoslanib “RT” xabar bermoqda, dedi “hudud24.uz”.

Ularning soʻzlariga koʻra, 2020-yilda Internetda tovar sotib olish yoki sotish maxsus ssenariysi boʻyicha 60 foiz muvaffaqiyatli hujum amalga oshirilgan boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich atigi 25 foizni tashkil etgan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, foydalanuvchilar haqiqiy bozor saytlarini aniqlashda adashgan hamda soxta platformalar taʼsiriga tushib qolgan.

Onlayn firibgarlikning eng keng tarqalgan turlaridan biri bu fishing — taniqli veb-saytlar va toʻlov shakllarining nusxalarini yaratish jinoyati hisoblanadi. Kasperskiy laboratoriyasining taʼkidlashicha, oʻtgan yili ular 80 milliondan ortiq fishing saytlariga kirishga urinishlarni toʻsib qoʻyishgan.

Qayd etilishicha, oʻrtacha hisobda 2020-yilda firibgarlar sxemasiga tushgan xaridorlar oʻn ming rubl, sotuvchilar esa olti ming rublgacha yoʻqotishgan.

Mutaxassislar ruslarga shubhali manbalardan saqlanishni, shuningdek, shubhali pochta xabarlari va “reklamadagi lavozimlar” yoki “tanlovlar” eʼlonlariga ishonib qolmasliklarini tavsiya qilishdi. Shuningdek, yuklab olingan dasturlarni muntazam ravishda yangilab turish va har bir fuqaro oʻz hisobi uchun murakkab parollarni tanlashi kerakligini taʼkidlashgan.