Robot muhandislik kolleji xodimlari tomonidan yasalgan. Uning tuyaqushnikiga o'xshash oyoqlari bor, biroq sensorlar va kameralar bilan jihozlanmagan.

Kessining imkoniyatlarini ko'rsatish uchun 100 metr masofaga poyga tashkil etildi. Robot masofani 24,73 soniyada bosib o'tdi, bu esa ushbu turdagi texnologiya uchun eng yuqori ko'rsatkichdir.

Odamlar o'rtasida 100 metrga yugurish bo'yicha jahon rekordi yamaykalik Useyn Bolt tomonidan 2009-yilda o'rnatilgan. U ushbu masofani 9,58 soniyada bosib o'tgandi, deyiladi iz.ru saytida.