Kitob tumanida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyat boʻlimi, tuman hokimligi, tuman madaniyat boʻlimi hamda tuman maktabgacha taʼlim tashkiloti hamkorlikda “Milliy alla festivali” oʻtkazildi.

Festivalni oʻtkazishdan maqsad, Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi asosida yosh bolalarni maʼnaviy tarbiyalash, ularda shaxsiy fazilatlar, yaʼni milliy anʼanalarga qiziqtirish, oʻz tuygʻularini boshqarish hamda barkamol avlod qilib voyaga yetkazishdan iboratdir.

Tumanda faoliyat yuritayotgan 18 ta Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari “Eng yaxshi alla matni”, “Eng yaxshi alla ijrosi”, “Eng yaxshi alla haqida rivoyat” hamda “Eng yaxshi alla koʻrgazmasi” nominatsiyalarida ishtirok etishdi. Tumandagi 3-MTT “Eng yaxshi alla ijrosi”, 11-MTT “Eng yaxshi alla koʻrgazmasi”, 13-MTT “Eng yaxshi alla haqida rivoyat” hamda 18-MTT tashkiloti “Eng yaxshi alla matni” nominatsiyalari bilan eʼtirof etildi, deb xabar bermoqda Maʼnaviyat va maʼrifat markazi matbuot xizmati.