Shu kabi omillarni inobatga olgan holda “Besh tashabbus olimpiadiasi” doirasida Yoshlar ishlari agentligi hamda “Zakovat” intellektual klubi NNT hamkorligida “Zakovat” intellektual o‘yini ilk bor besh bosqichda: mahalla, sektor, tuman (shahar), hududiy va final bosqichidan iborat shaklda tashkil etildi.
Respublika bo‘ylab o‘tkazilgan intellektual o‘yinlarda jami 725 583 nafar yigit-qiz ishtirok etdi.
Murosasiz kechgan bahslarda intellektual salohiyatli, har jabhada ilmli bo‘lgan yoshlar saralandi va final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichiga hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, 14 ta hududdan jami 294 nafar ishtirokchidan tashkil topgan 42 ta jamoa ishtirok etdi.
Final bosqichining g‘olib va sovrindorlari munosib tarzda mukofotlandi. Jumladan, yakuniy bosqichda — Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidan “Paxtazor” mahallasi jamoasi 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi va jamoa 100 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Toshkent shahri, Chilonzor tumanidan “Dilobod” mahallasi jamoasi 2 o‘rinni egallab — 60 million so‘m hamda Samarqand viloyati, Payariq tumanidan “Sorisuv” mahallasi jamoasi 3-o‘ringa munosib ko‘rilib, — 40 million so‘mni qo‘lga kiritdi!