Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston rekordi Jenevada yangilandi

    Sport 12 Iyun 2023 1576

    Shveysariyaning Jeneva shahrida yengil atletika boʻyicha tashkil etilgan “Atletica Geneve – EAP” turnirida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Anvarov munosib natijaga erishdi.

    Hamyurtimiz turnirning uzunlikka sakrash dasturida yangi Oʻzbekiston rekordini qayd etdi.

    Aytish lozim, mazkur rekord 1985-yildan beri oʻzgarmay kelayotgandi. Anvarov esa ushbu toʻsiqdan muvaffaqiyatli oʻtdi.

    Butunjahon yengil atletika federatsiyasi taqvimidan oʻrin olgan “bronza” darajasidagi ushbu musobaqada Anvarov 8.22 metr natijaga erishdi.

    Ushbu koʻrsatkich Buxoro sport maktabi tarbiyalanuvchisi Anvarovga musobaqaning oltin medalini tuhfa qildi.

    Oʻz navbatida ikkinchi va uchinchi oʻrinlar Kuba hamda Gonkong terma jamoasi aʼzolariga nasib qildi.