Safina Sadullayeva Polshadagi xalqaro turnirda gʻalaba qozondi

    Sport 16 Iyun 2025 655

    Polshaning Belostok shahrida yengil atletika boʻyicha xalqaro turnir oʻtkazildi.

    Qayd etilishicha, butunjahon yengil atletika federatsiyasining taqvimidan oʻrin olgan bronza darajadagi mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Safina Sadullayeva ishtirok etib, oltin medalga sazovor boʻldi.

    Balandlikka sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz 1.90 metr natija bilan mavsumdagi eng yuqori natijasini koʻrsatdi.

    Balandlikka sakrash, ayollar:

    • Safina Sadullayeva (Oʻzbekiston) 🇺🇿 — 1.90 metr
    • Katerina Tabashnik (Ukraina) 🇺🇦 — 1.87
    • Viktoriya Miaso (Polsha) 🇵🇱 — 1.84