Yengil atletika: Anvar Anvarov “Brilliant liga”ning 13-bosqich musobaqasi gʻolibi

    Sport 21 Avgust 2025 700

    Shveysariyaning Lozanna shahrida yengil atletika olamidagi nufuzli turnirlardan biri "Brilliant liga" musobaqasining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi.

    Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Anvar Anvarov oltin medalni qoʻlga kiritdi.

    Yurtdoshimiz musobaqada 7.84 metr bilan eng yuqori koʻrsatkichni qayd etdi. Ikkinchi oʻrindan mezbon sportchi Simon Exammer (7.72 metr) joy olgan boʻlsa, yamaykalik 2019-yilgi jahon chempioni Tejey Geyl (7.71) bronza medali bilan taqdirlandi.

    Shu tariqa, Anvar Anvarov Safina Sadullayevadan keyin Brilliant liga turnirlarida gʻalaba qozongan oʻzbekistonlik ikkinchi atletga aylandi.