Sharifa Davronova Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

    Sport 27 May 2025 801

    Koreya Respublikasining Gumi shahrida yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionati start oldi.

    Qayd etilishicha, musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki medal yozildi.

    Ayollar oʻrtasida uch hatlab sakrash dasturida qatnashgan hamyurtimiz Sharifa Davronova kumush medalga sazovor boʻldi. Yurtdoshimiz musobaqada 13.74 metr natija qayd etishga erishdi.

    Uch hatlab sakrash, Osiyo chempionati

    • Li Yi (Xitoy) – 13.80 metr
    • Sharifa Davronova (Oʻzbekiston)– 13.74
    • Mariko Marimoto (Yaponiya) – 13.65