Tailandda o'tayotgan Yengil atletika bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi ilk medalini qo'lga kiritdi, deb yozmoqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi axborot xizmati. Erkaklar o'rtasida bosqon uloqtirish dasturida ishtirok etgan Suhrob Xo'jayev kumush medalga sazovor bo'ldi.
Hamyurtimizning ikkinchi urinishda qayd etgan 71.83 metr natijasi unga qit'a chempionatining kumush medalini keltirdi. Birinchi o'rin xitoylik Van Siga nasib etgan bo'lsa, yaponiyalik Shota Fukuda kuchli uchlikni yakunlab berdi.