Yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini toʻliq, daromad soligʻining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning oʻzida qoldirish taklif etildi

    Joylarda aholi farovonligini oshirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda parlamentning faol ishtirok etishi muhim.

    Masalan, bu yil hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurish, mahallalarni obod qilish boʻyicha investitsiya dasturlariga 30 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirildi.

    Biroq, ana shu dasturni qabul qilishda qaysi deputat qatnashdi, uning ijrosi boʻyicha kimdan hisobot talab qildi, degan savollar ochiq qolmoqda.

    Shu munosabat bilan Prezident investitsiya dasturlarini tayyorlashda deputatlar ham albatta ishtirok etadigan, ularning fikri inobatga olinadigan tizim yaratish tashabbusini ilgari surdi.

    Bundan tashqari, tuman va shaharlarning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish maqsadida kelgusi yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini toʻliq, daromad soligʻining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning oʻzida qoldirish taklif etildi.