Yer sayyorasi 2028-yilga kelib bir soniyaga “yosharadi”

    Rossiyalik olimning taʼkidlashicha, bunga Yer aylanishining tezlashishi sabab boʻlmoqda.

    Fizika-texnika va radiotexnika oʻlchovlari Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti ilgʻor tadqiqotlar va vaqt va chastotani oʻlchash boʻlimi bosh ilmiy xodimi Vitaliy Palchikov 2028-yilda Yer aylanishining tezlashishi uni bir soniyaga yoshartiradi, degan fikrda.

    — Soʻnggi yillarda Yerning aylanish tezligi anomal ravishda oshib bormoqda, buni qoplash uchun 2028-yilga kelib vaqtdan bir soniyani ayirish kerak boʻladi, — dedi olim. — Yadro inersiya paytining oʻzgarishi Yerning aylanish surʼatining tezlashish taʼsirini tushuntirishi mumkin boʻlgan farazlardan biridir. Soniyalarni ayirish 2028-yillarda amalga oshishi mumkin.

    Uning aniqlik kiritishicha, hozirda Yer aylanishining tezlashishini toʻliq tushuntirishning imkoni yoʻq. Biroq bir kun kelib buning imkoni boʻladi. Yana bir faraz anomal miqdordagi yogʻingarchilik Yerning aylanishining tezlashishiga, yogʻingarchilikning bugʻlanishi esa, aksincha, sekinlashishiga olib kelishi bilan bogʻliq. Lekin bu taʼsirlar bir-birini qoplamaydi, deb taʼkidladi olim.

    Uning aytishicha, Yer aylanishining tezlashishi oqibatida 2022-yilning 29-iyuni tarixdagi eng qisqa kun boʻlgan.

    Palchikovning soʻzlariga koʻra, Yerning tezlashishi anomal xarakterga ega, biroq yaqin vaqtgacha bizning sayyoramiz sekinlashayotgan edi. Uning aylanish tezligi pasayishini qoplash uchun oʻtgan asrning 70 yillaridan boshlab tuzatishlar doirasida qoʻshimcha 37 soniya joriy etilgan edi, deb xabar beradi ria.ru.