Bu zilzila to'lqinlarining kuchsiz aks-sadolari yordamida aniqlandi.

Yerning ichki yadrosi temir va nikeldan iborat. Uning diametri taxminan 2440 kilometr.

“Biz Yerning yadrosiga to'g'ridan-to'g'ri kira olmaganimiz uchun zilzila to'lqinlarini o'lchash va yadroviy qurol sinovlarini kuzatish uchun sozlangan yigirmatacha seysmometr ma'lumotlaridan foydalandik. Tadqiqot davomida biz 5,7 va undan yuqori magnitudali to'lqinlarga e'tibor qaratdik – ular sayyoraning ichki yadrosiga tebranib, zaif aks-sadoni qaytaradi. Jami 2455 ta shunday zilzila ko'rib chiqildi”, dedi tadqiqotning yetakchi muallifi, Yuta universiteti seysmologi Kit Koper.

Uning so'zlariga ko'ra, bu signallar nihoyatda kichik – o'lchami taxminan bir nanometr. Shuning uchun ularni aniqlash nihoyatda qiyin, deb xabar beradi korrespondent.net.