Bosh prokuratura huzuridagi huzuridagi Departament hamda DXXning Paxtaobod tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda fuqarolar A.I. va I.M.lar oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaro Sh.ga oʻzlarini goʻyoki Kadastrlar palatasi Paxtaobod tumani filiali mutaxassislari deb tanishtirishib, yuqori lavozimida ishlovchi tanishlari orqali qolipli non mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun “Boʻstonobod” MFY hududidan 6 sotix yer maydoni olib berish evaziga oldindan kelishilgan 6 000 AQSH dollaridan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.