Oʻzbekistonda avtomobil davlat raqami salkam 1 milliard soʻmga sotildi

    Avtoraqamlar onlayn auksionida sotuvga qoʻyilgan 01 888 BBB avtoraqami 965 million 250 ming soʻmga sotildi.

    Bu haqda avtoraqam.uzex.uz saytida maʼlumot keltirilgan.

    Mazkur avtoraqam dastlab 337 million 500 ming soʻm boshlangʻich narx bilan savdoga qoʻyilgan. Auksion oxirida esa bu avtoraqamning narxi 965 million 250 ming soʻmga koʻtarilgan.

    Ushbu avtoraqam uchun komissiya toʻlovi 48,7 million soʻm, garov 33,75 million soʻmni tashkil etadi. Toʻlovni hisobga olgan holda yakuniy qiymat 1 milliard 14 million soʻmni tashkil etdi.

    Kim oshdi savdosi gʻolibi auksion tugagan kundan boshlab besh ish kuni ichida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan avtomobil raqami uchun toʻlovni amalga oshirishi shart.