Yer usti metro poyezdlari harakati soat 07:00 dan boshlanadi

    Transport 28 Dekabr 2022 2684

    Toshkent metrosining “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida poyezdlar harakati soat 07:00 dan boshlanadigan boʻldi.

    Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

    Maʼlum boʻlishicha, Toshkent metropolitenining “Yer usti halqa yoʻli” yoʻnalishida yangi metro bekatlarining qurilishi bilan bogʻliq qurilish, taʼmirlash ishlari tungi belgilangan vaqt oraligʻida bajarilishi rejalangan.

    Shu munosobat bilan “Yer usti halqa yoʻli” metro yoʻnalishida poyezdlar harakati belgilangan tartibda soat 05:00 dan emas, balki soat 07:10 dan yoʻlga qoʻyildi.

    Hozirda mavjud metro yoʻnalishlarda poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatini davom ettirmoqda.

    Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yoʻlovchilardan uzr soʻraldi.