Prezident qarori asosida metropoliten bekatlarida savdo shoxobchalari faoliyati tiklanadi. Hozirda “Novza” metro bekatining piyodalar oʻtish yoʻlagida tajriba-sinov tariqasida savdo shoxobchalarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahar Yashnobod tumanidan oʻtuvchi yer usti metro yoʻnalishi estakadasi ostidagi (umumiy yer maydoni 2,9 gektar) hududda 1200 oʻrinli beshta avtoturargoh hamda Sergeli tumanidan oʻtuvchi yer usti metro yoʻnalishi (umumiy yer maydoni 3,37 gektar) hududida 1500 oʻrinli yettita avtoturargoh tashkil etish rejalashtirilgan.