Xususan, boʻlim ish yurituviga kelib tushgan, fuqarolik ishlari boʻyicha Karmana tumanlararo sudining 21 ta ijro hujjati yuzasidan qarzdor S.Tursunovdan Navoiy shahar DSI foydasiga jami 932 mln soʻmdan ortiq soliq (yer va mol-mulkdan) qarzdorligini undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati boʻyicha ijro harakatlari olib borilib, qarzdorning mol-mulklari davlat ijrochisi tomonidan oʻrganilgan.

Aniqlanishicha, Navoiy shahar tinchlik qoʻrgʻonida joylashgan “Issiqlik ajratish va kimyo saqlash bazasi” qarzdorga tegishli ekanligi maʼlum boʻlgan va soliq qarzdorligini qoplash maqsadida ushbu bino 2 mlrd 112 mln soʻmga baholanib, 2019-yilning iyun oyidan onlayn auksion savdolarga chiqarilgan. Savdo natijalariga koʻra, ushbu binoga xaridorlar tomonidan qiziqish bildirilmaganligi sababli, mulk ancha vaqtdan beri sotilmasdan qolgan.

2020-yilning iyul oyiga kelib mulkning baholangan qiymati 50%ga qisqarib, auksion savdolari 38 marotaba takroran oʻtkazilishi natijasida bino 1 mlrd 56 mln soʻmga sotildi.

Davlat ijrochisi tomonidan sotuvdan tushgan pul mablagʻi hisobiga yer va mulk soligʻidan boʻlgan 932 mln soʻmlik qarzdorlik undirildi va 21 ta ijro hujjati amalda toʻliq tamomlandi.

Majburiy ijro byurosi

Navoiy shahar boʻlimi