Eron hududi orqali avtomobilda xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishda undiriladigan yigʻim va toʻlovlar kamaytirildi

    Shu yilning 10-yanvardan boshlab, Eron tomoni oʻzbek haydovchilaridan undiriladigan yigʻimlar miqdorini kamaytirdi.

    Transport vazirligining maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonning eksport va import yuk tashuvlarini Eron hududi orqali rivojlantirish, Eronda milliy haydovchilarimizdan undiriladigan yigʻim va toʻlovlarni qisqartirish boʻyicha Transport vazirligi tomonidan qator tizimli ishlar olib borilishi natijasida 2025-yil 10-yanvardan boshlab, Eron tomoni oʻzbek haydovchilaridan undiriladigan yigʻimlar miqdorini 400 AQSH dollariga kamaytirdi.

    Shu bilan birga, Transport vazirligi tomonidan Eron hududida Oʻzbekiston milliy tashuvchilaridan undiriladigan yigʻimlarni yanada qisqartirish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.