Eron prezidenti BRIKSni dollardan mustaqil savdo hisob-kitob tizimini yaratishga chaqirdi

    Eron prezidenti Mas'ud Pezeshkiyon BRIKS sammitining kengaytirilgan tarkibdagi yig'ilishida birlashmaga a'zo mamlakatlarni AQSh dollaridan mustaqil tijorat hisob-kitob tizimini yaratishga chaqirdi.

    Bu haqda TASSga tayanib report.az xabar beradi.

    “BRIKS guruhining BRIKS valyuta savatini yoki dollardan mustaqil yangi hisob-kitob mexanizmini yaratish bo'yicha operativ qarorlar qabul qilish orqali jahon iqtisodiyotida dollar hukmronligini kamaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni kuchaytirish kerak”, dedi u.