“Jazeera Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Quvayt yoʻnalishi boʻyicha J9-1650 reysi soat 04:50da uchib Toshkent aeroportiga qaytdi – samolyot mahalliy vaqt bilan soat 07:06da joʻnash aeroportiga qoʻndi.
Shuningdek, “Fly Dubai” aviakompaniyasining Dushanbe – Dubay yoʻnalishi boʻyicha FZ-778 reysi ekipaji Toshkentdagi muqobil aerodromga yoʻl olishga qaror qildi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 08:32 da Toshkentga kelib qoʻndi. Ekipajning dam olishi munosabati bilan Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan soat 21:00ga belgilangan. Yoʻlovchilar mehmonxonaga joylashtiriladi.
“Fly Dubai” aviakompaniyasining Toshkent – Dubay yoʻnalishi boʻyicha FZ-1942 reysi ham soat 04:58da havoga koʻtarilib, 06:58 da Ashxoboddagi muqobil aerodromga qoʻndi.
“Centrum Air” aviakompaniyasining Jidda – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha C6-702 reysi ham xuddi shu sabab bilan Ar-Riyoddagi muqobil aerodromga qoʻndi. Shuningdek, Madina – Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha C6-3336 reysi ham Toshkent vaqti bilan soat 08:17 da Al-Maktum (Dubay) aeroportiga qoʻndi.
Ushbu reyslarning joʻnab ketishi haqidagi toʻliq maʼlumotlarni aviakompaniya vakillaridan olish mumkin.
Shuningdek, marshruti Eron havo hududi orqali amalga oshiriladigan bir qator reyslar Oʻzbekiston shaharlaridan kechikish bilan uchib ketdi.