Eronda deputatlar yadro quroli bilan bog'liq taqiqni olib tashlashni so'rashdi

    39 nafar Eron parlament guruhi mamlakat Milliy xavfsizlik oliy kengashiga rasmiy maktub yo'llab, milliy mudofaa doktrinasini qayta ko'rib chiqish va yadroviy qurol yaratishga ruxsat berishni so'rashdi.

    Bu haqda murojaat tashabbuskori, deputat Hasanali Exlaki Amiri ma'lum qildi.

    Qayd etilishicha, milliy mudofaa doktrinasini qayta ko'rib chiqish talabi Isroildan kelayotgan tahdid fonida yuzaga keldi.

    “Milliy xavfsizlik oliy kengashiga hozirda 39 deputat imzolagan maktub yuborildi. Maktubning mavzusi – islom respublikasining yadroviy qurol sohasidagi mudofaa doktrinasini qayta ko'rib chiqish talabidir”, dedi Eron parlamenti deputati Exlaki Amiri Didban Iran portaliga.

    Agar yangilangan doktrina Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi tomonidan ma'qullansa, mamlakatning Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy tomonidan ko'rib chiqilishi kerak, deb xabar beradi belta.by.