Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali oʻzgartirildi

    Voqea-hodisalar 15 Iyun 2025 762

    “Uzbekistan Airways” Toshkentdan Dubay va Sharm ash-Shayx yoʻnalishlarida qatnovchi reyslar boʻyicha muhim axborot bilan chiqdi.

    Qayd etilishicha, Eron havo hududidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan cheklovlar sababli, Uzbekistan Airways 2025-yil 15-iyundan 30-iyungacha Toshkent – Dubay va Toshkent – Sharm-el-Shayx yoʻnalishlaridagi reyslar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritdi.

    HY333/334 reyslari:

    • Toshkentdan uchish — 07:35, Dubayga yetib kelish — 11:00
    • Dubaydan uchish — 12:30, Toshkentga yetib kelish — 17:30

    HY341/342 reyslari (seshanba kunlari):

    • Toshkentdan uchish — 08:50, Sharm-el-Shayxga yetib kelish — 13:20
    • Sharm-el-Shayxdan uchish — 14:50, Toshkentga yetib kelish — 22:30

    HY341/342 reyslari (chorshanba va yakshanba kunlari):

    • Toshkentdan uchish — 08:35, Sharm-el-Shayxga yetib kelish — 13:05
    • Sharm-el-Shayxdan uchish — 14:35, Toshkentga yetib kelish — 22:15

    Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va tushunishingizga umid qilamiz. Yangiliklarimizni diqqat bilan kuzatib boring, — deyiladi xabarda.