Qayd etilishicha, Eron havo hududidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan cheklovlar sababli, Uzbekistan Airways 2025-yil 15-iyundan 30-iyungacha Toshkent – Dubay va Toshkent – Sharm-el-Shayx yoʻnalishlaridagi reyslar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritdi.

HY333/334 reyslari:

  • Toshkentdan uchish — 07:35, Dubayga yetib kelish — 11:00
  • Dubaydan uchish — 12:30, Toshkentga yetib kelish — 17:30

HY341/342 reyslari (seshanba kunlari):

  • Toshkentdan uchish — 08:50, Sharm-el-Shayxga yetib kelish — 13:20
  • Sharm-el-Shayxdan uchish — 14:50, Toshkentga yetib kelish — 22:30

HY341/342 reyslari (chorshanba va yakshanba kunlari):

  • Toshkentdan uchish — 08:35, Sharm-el-Shayxga yetib kelish — 13:05
  • Sharm-el-Shayxdan uchish — 14:35, Toshkentga yetib kelish — 22:15

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va tushunishingizga umid qilamiz. Yangiliklarimizni diqqat bilan kuzatib boring, — deyiladi xabarda.