8 aprel, chorshanba tongiga kelib, Brent markali neft fyucherslari narxi bir barrel uchun 95 dollar atrofida tebrandi. Holbuki, bir kun avval u taxminan 110 dollardan sotilayotgan edi. Buni kotirovkalarni kuzatib boruvchi Trading Economics ma’lumotlari ham tasdiqlamoqda.

Ma’lum qilinishicha, xom neft jahon bozorlarida bir sutka ichida qariyb 14 foiz arzonlab, bir barrel uchun 96 dollar atrofida shakllangan. AQShda pech yoqilg‘isi sifatida keng qo‘llanadigan mazut narxi bir kunda 17 foizga tushgan, benzin esa qariyb 10 foiz arzonlagan.

Mutaxassislar bu o‘zgarishlarni Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyatning yumshashi, xususan, Eron atrofidagi harbiy keskinlik pasayishi bilan izohlamoqda. Bozor ishtirokchilari ehtimoliy mojarolar xavfi kamayishi ortidan neft ta’minoti uzluksiz davom etishiga ishonch bildirmoqda.