Erondan 30 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi evakuatsiya qilindi — TIV

    Xalqaro hamkorlik 16 Iyun 2025 584

    Oʻzbekiston Turkmaniston va Ozarbayjon hududlari orqali 30 dan ortiq fuqarosini Erondan evakuatsiya qildi.

    Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, shu yilining 16-iyun holatiga koʻra, 30 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi Eron hududidan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali muvaffaqiyatli evakuatsiya qilinib, mamlakatimizga yetkazildi.

    Fuqarolarimizning xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha zarur choralar koʻrilmoqda. Eron va Isroildagi elchixonalarimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda, — deyiladi xabarda.

    Ayni paytda ushbu davlatlarda boʻlib turgan fuqarolarimizga xavfsiz joylarda boʻlish, rasmiy axborotlarni doimiy ravishda kuzatib borish va elchixonalarimiz bilan aloqada boʻlish tavsiya etiladi.