Eronlik tadbirkor Navoiyda biznes ochdi

    Mamlakatimizda 20 Oktabr 2021 987

    Karmana tumani Davlat xizmatlari markazidan eronlik Haji Amirxoni Mehrshod Masʼud “CAS PIAN AGRO” masʼuliyati cheklangan jamiyat shakldagi xorijiy korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Xorijlik hamkorga eksterritorial xizmat koʻrsatildi.

    «Biz Navoiy viloyatining unumdor yerlarini koʻrish uchun Konimex, Nurota va Xatirchi tumanlarida boʻldik. Va sarmoyador sheriklarimiz bilan aynan Xatirchi yerlarida qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanmoqchi boʻldik. Bu hudud yeri unumdor, tuprogʻi dehqonchilik qilish uchun qulay. Suvi shirin, chunki biz tomchilab sugʻorish yoʻli bilan sabzavot ekinlari yetishtirmoqchimiz.

    Bugun mana korxonamizni juda tez ochdik. Markaz nihoyatda zamonaviy, xizmatchilar xushmuomala. Yurtingizda odamlar uchun yaratilgan imkoniyatlar borligidan minnatdormiz. Markazda yaratilgan qulayliklardan biz ham foydalanganimiz, shu davlatga xizmat qilishimizdan gʻoyat xursandmiz»-deydi biznes vakili.