Xabarga koʻra, shu yilning 22–23-sentyabr kunlari 6435/6436-sonli “Toshkent — Xojikent — Toshkent” va 7203/7204-sonli “Toshkent — Chinorkent — Toshkent” elektropoyezdlari qatnamaydi.
Shuningdek, 25-sentyabr kuni rejalashtirilgan “Qoʻqon — Andijon — Qoʻqon” yoʻnalishidagi 6391/6392-sonli yoʻlovchi poyezdi qatnovi ham bekor qilindi.
Mazkur oʻzgarishlar faqat shu sanalardagi qatnovlarga taalluqli boʻlib, boshqa reyslar odatdagidek davom etadi.