Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko'ra, 2020 yil 25 dekabrdan O'zbekistonga kirib kelayotgan shaxslardan koronavirus infektsiyasi antigenini aniqlash ekspress testini olish tartibi joriy etiladi.
ekspress test aeroportlarda, temir yo'l vokzallarida va chegara punktlarida O'zbekistonga keluvchilarning o'z hisobidan amalga oshiriladi.
Mazkur tartibga ko'ra, COVID-19ga topshirilgan PTSR testining manfiy natijasi to'g'risida ma'lumotnomaga ega shaxslardan ham ekspress test olinadi.
ekspress test natijalari musbat chiqqanda, bemorlar koronavirus infektsiyasini davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yo'naltiriladi.