Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.
Ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10°, kunduzi 12-14° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7o iliq, kunduzi 10-15° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9o iliq, kunduzi 12-17° boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 12-17° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 14-19° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 13-18° boʻladi.
Togʻ oldi va togʻli hududlar; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻli hududlarda qorga aylanadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 6-11° boʻladi.