Toshkent shahrida Havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Kunduzi yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-20°, kunduzi 30-32° bo'ladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo'ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to'zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo'ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo'ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° bo'ladi.
Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi. Yog'ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 27-32° bo'ladi.