Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 27-29° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26-31° boʻladi.

Qashqadaryo viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° boʻladi.

Surxondaryo viloyati; havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26-31° boʻladi.

Togʻli hududlar; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda yogʻingarchilik boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 18-23° boʻladi.