Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10°, kunduzi 13-15° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3o iliq, kunduzi 8-13° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, tuman tushishi mumkin.
Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 0-2° sovuqqacha, kunduzi 11-16° boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 13-18° boʻladi.
Qashqadaryo viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° boʻladi.
Surxondaryo viloyati; havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 12-17° boʻladi.
Togʻ oldi va togʻli hududlar; havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin, baland togʻli hududlarda yomgʻir qorga aylanadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq boʻladi.