баннер
23 Apr 2025
01:12

    Ertaga navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi oʻtkaziladi

    23-oktabr, chorshanba kuni respublikamizning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi oʻtkaziladi.

    Ertaga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, barcha yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalari oʻrniga atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan jamoat transporti, velosiped kabi transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

    Hurmatli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” loyihasiga befarq boʻlmang! Shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalaning va oʻzimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qoʻshing.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech