Qayd etilishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Qatar terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadigan futbol oʻyinini sababli ushbu hududda fuqarolar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida shahar hududidan oʻtgan D 002 «Toshkent sh. — Nurafshon sh.« avtomobil yoʻlining 29-kilometridan (Oʻrta Chirchiq tumani va Nurafshon shahrini bogʻlovchi chorraha) 32-kilometriga («Makro» supermarketi oldi) qadar boʻlgan hududda soat 10:00 dan 23:59 qadar avtotransport vositalari harakati toʻliq cheklanadi.
Shu sababli haydovchilardan ushbu yoʻlni aylanib oʻtish uchun D020 «Qorasuv q. — Boʻka sh. — Bekobod sh.« avtomobil yoʻli orqali harakatlanishlarini tavsiya qilamiz.