Uchrashuvda O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, ikki tomonlama hamda mintaqalararo shaklda bo‘lajak tadbirlar muhokama qilindi.

Xususan, 10 mart kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan "YEI – Markaziy Osiyo" fuqarolik jamiyati 4-forumining tashkiliy jihatlari xususida  atroflicha fikr almashildi.

 Yevropa tomoni ushbu tadbirni tashkil etishda ko‘rsatgan yordami uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama kun tartibini yangi amaliy chora-tadbirlar bilan to‘ldirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.