Jizzax davlat pedagogika instituti professor –oʻqituvchilari tashabbusi bilan “Bir ziyoli – bir mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida Sh.Rashidov tumanidagi “Bobur” MFY da oʻtkazilgan xayriya-tadbiri yuqoridagi soʻzlarimizga misol boʻla oladi.

“Bir ziyoli – bir mahallaga maʼnaviy homiy” tamoyili asosida tashkil etilgan xayriya-tadbiri dastavval mahalladagi imkoniyati cheklangan fuqarolar xonadoniga tashrifdan boshlandi. Oliygoh rektori Sh.S. Sharipov boshchiligidagi professor-oʻqituvchilar xonadon sohiblari bilan suhbatlashib ularga hamisha har qanday vaziyatda koʻmak berishga tayyor ekanliklarni bildirdi. Shu kuni Xonadon sohiblariga 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

“Bobur” MFY da yigʻinida bugungi kunda 2798 nafar aholi istiqomat qiladi, shulardan 605 nafarini voyaga yetmaganlar va yoshlar tashkil etadi. Mahalladigi 35 umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan shaxmat-shashka, stol tennisi, futbol kabi sport musobaqalariga “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlar taklif etildi.

Koʻtarinkilik va birdamlik ruhida tashkil etilgan xayriya tadbirining badiiy qismida mahalladagi uyushmagan yoshlar tarkibidan tuzilgan sport jamoalarining chiqishlari, institut talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi. Tadbir davomida sport musobaqalarida faol ishtirok etgan yoshlar va ayollar taqdirlandi. Tadbir soʻngida barcha ishtirokchilar institut tomonidan tashkil etilgan iftorlik dasturxoniga taklif etildilar.

G. SHARIPOVA,

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati