“Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi

    Dolzarb 30 Yanvar 2023 2402

    Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tumani “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromovning voyaga yetmagan qizlarga tahdid qilgani va uyatsiz soʻzlar bilan haqoratlagani aks etgan audioyozuvlar tarqalgan edi.

    Oʻzbekiston musulmonlari idorasining ichki nazorat komissiyasi holatni oʻrgandi va uni lavozimidan ozod etishga qaror qildi.

    Shuningdek, imom-xatib A.Bahromov maʼmuriy jazo sifatida 3 sutkaga qamaldi.