Klaster va fermerlarga yetkazib berilayotgan har bir kub metr suvga respublika boʻyicha oʻrtacha 212 soʻm xarajat qilinayapti. Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida bu koʻrsatkich 2-3 barobar yuqori.
Oxirgi yillarda 1 milliard dollar hisobiga Qarshi, Amu-Buxoro, Amu-Zang kabi yirik nasos stansiyalar modernizatsiya qilindi.
Lekin, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Surxondaryoda oʻrta va mayda eskirgan nasoslar yangilanmagani uchun suv tannarxi oshib ketmoqda.
Betonlash hisobiga yoʻqotish 10-15 foizga kamaygan boʻlsa-da, 20 ta tumanda yoʻqotishlar respublikada eng yuqori.