Unda uzoq yillar bosma nashrlar, televideniye va radioda faoliyat olib borgan, el-yurtga chin dildan xizmat qilgan faxriy jurnalistlar, respublika va mahalliy hamda davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalari xodimlari, noshirlar, matbaachilar, blogerlar, ijtimoiy tarmoqlar vakillari ishtirok etdi.
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov barcha ijodkorlar, qalam axillarini kasb bayrami bilan qutladi.
Soʻz olganlar mamlakatimizda soʻz va matbuot erkinligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, jurnalistlar haq-huquqlarining himoya qilishi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar, oʻtgan davr va bugungi kun jurnalistikasi haqida qizgʻin fikr-mulohazalar bildirdi. Ayniqsa, sohaga, zamonaviy mediatexnologiyalarni joriy etilayotgani, voqelikni tezkor va sifatli tarzda keng ommaga taqdim etishda muhim omil boʻlayotganligi eʼtirof etildi.
Uzoq yillik fidoyi mehnatlari bilan el - yurtda izzat- hurmat topgan faxriy jurnalistlar, tashabbuskor ijodkor yoshlar viloyat hokimining faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Ijodiy kecha, el ardogʻidagi sanʼatkorlarning konsert dasturi, oʻyin-kulgu va raqslar guldasati bilan boyidi.
Rasuljon Kamolov,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.
Sherzod Qoraboyev olgan suratlar.