Eʼtibor va eʼzoz oʻzligimizga xos qadriyatdir!

    Ijtimoiy hayot 8 May 2023 1237

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tasarrufidagi “Oʻzbekiston” lokomotiv deposida 9-may ­­— Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan  bayram dasturxoni yozildi.

    Unga Ikkinchi jahon urushi hamda front orti qatnashchilari va mehnat faxriylari taklif etildi. Bayram tadbirini depo boshligʻi F.Mahamatov ochib, mustaqil, toʻkin va farovon zamonda tinch va xotirjam umrguzaronlik qilib kelayotganimizda Ikkinchi jahon urushi va front ortida fidokorona ishtirok etgan ota-bobolarimiz hamda mehnat faxriylarining munosib hissasi borligini faxr bilan tilga oldi.

    Barcha tadbir qatnashchilarini ham ushbu qutlugʻ kun bilan samimiy tabrikladi. Tantanali tadbirda faxriylar ham soʻz olib, bu kabi eʼtibor va eʼzozdan minnatdor ekanligini bildirishdi.

    Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbirdan soʻng korxona rahbarlari va ishtirokchilari Ikkinchi jahon urushida Vatan ozodligi yoʻlida halok boʻlgan qahramonlarning xotirasiga oʻrnatilgan “Xotira monumenti” poyiga gul qoʻyishdi.

    Shu bilan birga depo rahbarlari boshchiligida korxonada uzoq yillar davomida oʻzining samarali mehnati bilan depo rivojiga munosib hissa qoʻshgan, hozirda esa pensiyada boʻlgan bir qator mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovgʻalari hamda Jamiyat boshqaruvi raisi tomonidan ajratilgan moddiy yordam pullari oʻz egalariga manzilli tarzda yetkazib berildi.

    Feruza XUDOYQULOVA,

    Axborot-tahliliy media markazi muxbiri