Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzaviatsiya” agentligi maʼlum qildi.
Mazkur qaror 1998-yil 17-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi va BAA oʻrtasida tuzilgan Hukumatlararo “Havo qatnovi toʻgʻrisida”gi Bitim asosida qabul qilindi.
Shu asosda “Etihad Airways” aviakompaniyasiga Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yoʻnalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun foydalanish ruxsatnomasi rasmiylashtirildi.
Parvozlar Airbus A320-232/251N hamda Airbus A321-231/251N/251NX turidagi zamonaviy havo kemalarida amalga oshiriladi.








