Shu oyning boshida poytaxt Xalqaro haftalikka mezbonlik qildi. Dunyoga mashhur siyosiy va jamoat arboblari, yirik biznes vakillari hamda ekspertlar ushbu haftalikda o'z nutqlari bilan ishtirok etgan edi.

Haftalik o'zimizdan tashqari Euronews va CNN telekanallarida ham yoritib borilgan.

Ma'lumki, so'nggi 14 yil ichida O'zbekiston aholisi uchdan bir foizga ko'paydi va bugungi kunda 36 million kishidan oshdi. Mamlakatda bolalar soni ko'payganligi sababli ta'lim tizimini isloh qilish ayniqsa hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Shu o'rinda anjuman ishtirokchilari xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy maktablar va ta'lim dasturlarini yaratish zarurligini ta'kidladilar. Madaniyat va ta'lim, texnologik innovatsiyalar, barqaror iqtisodiy rivojlanish va qulay ishbilarmonlik muhitida “Yangi Renessans”: O'zbekiston ushbu maqsadlarga erishish uchun tajriba almashishga tayyor” – deya e'tibor qaratdi Euronews telekanali Focus reportaji va maqolasida.