Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Play this” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan mazkur film syujeti bir shaxs misolida uning hayotida yuz bergan sinovli lahzalar, ruhiy kechinmalar va Afg'onistonda bo'lib o'tgan urush insonlar taqdirini qay tarzda o'zgartirib yuborgani haqida hikoya qiladi.

Senariy muallifi va postanovkachi rejissyor — Yolqin To'ychiev, film prodyuseri — Avazxon Tojixonov, postanovkachi operator — Rustam Murodov, postanovkachi rassom — Bektosh Rajabov, kartina direktori — Shokir Nabiev.

Rollarda Baxrom Matchonov, O'lmas O'raev, Jo'rabek Arziev, Ilmira Rahimjonova, Igor Buxaidze, Evgeniy Moskvichev, Sardor Nozimov, Sabina Asanova, Sanobar Xaqnazarova.

Suratga olish ishlari O'zbekiston, Afg'oniston, Misr va Turkiyada bo'lib o'tgan, deya xabar bermoqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati