Yevrohududda inflyatsiya 7 foizga yetdi

    Aprel oyida yevrohududda inflyatsiya yana oshdi. Bu maʼlumotlar Yevrostat tomonidan eʼlon qilindi. Oxirgi oyda u oʻrtacha 0,1 foiz punktga oshib, 7 foizga yetdi.

    Oʻsish asosan oziq-ovqat mahsulotlarida yuzaga keldi. Toʻgʻri, asosiy inflyatsiya – energiya, oziq-ovqat, tamaki va spirtli ichimliklarni hisobga olmaganda 5,6 foizga tushdi.

    Boltiqboʻyi mamlakatlari va Slovakiya eng koʻp zarar koʻrdi. Estoniyada – 15 foiz. Shu bilan birga, narxlar Lyuksemburgda 3 foizdan kamroq, Belgiya va Kiprda esa 3 foizdan bir oz koʻproqqa oshdi.

    Bu maʼlumotlar narxlarni barqarorlashishiga umid qilgan tahlilchilar kutganidan ham yomonroq boʻlib chiqdi. Mutaxassislar sodir boʻlayotgan voqealar tufayli Yevropa markaziy banki yana foiz stavkalarini oshirishga majbur boʻlishini istisno qilmayapti.

    Inflyatsiyaning keskin oʻsishi 2022-yil fevral oyida boshlandi va oʻtgan yilning oktyabr oyida 10,6 foizga chiqdi, keyin esa pasayish kuzatildi, deb xabar beradi ru.euronews.com.