Yevropa brendi Namanganda ishlab chiqariladi

    Loyihaning 1-bosqichi uchun jami 20 million dollar mablag' sarflanib, 1 500 nafar yangi ish o'rinlari yaratildi.

    Namangan viloyatida Germaniyaning “HUGO BOSS”, "CARL GROSS" kabi yirik brendlari bilan hamkorlik qiluvchi "FAZMAN TEXTILE" MChJ tomonidan yangi korxonasi ishga tushirildi.

    Korxona Germaniyaning “Carl Gross”, Rossiya Federatsiyasining “Demark” va “Royal Spread” kompaniyasi vakillari ham ishtirok etishdi.

    Tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi 1-bosqichini foydalanishga topshirildi.

    Loyiha qiymati 40 million dollarni tashkil etib, loyiha to'liq ishga tushishi hisobiga 3 000 nafar yangi ish o'rinlari yaratiladi.

    Loyihaning 1-bosqichi uchun jami 20 mln. dollar mablag' sarflanib, 1 500 nafar yangi ish o'rinlari yaratildi.

    Loyihani amalga oshirish uchun Germaniya va Turkiya davlatlaridan zamonaviy asbob-uskunalar olib kelib, o'rnatilgan.

    Korxonada yiliga 1 mln dona tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish quvvati yaratilib, yillik eksport hajmi 15 mln dollarni tashkil etadi.

    Ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar “HUGO BOSS” brendi ostida “Kostyum-shim, shuningdek, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari” ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.